» » Turkiya Suriya bilan chegarasida 550 kilometrlik beton devor qurdi

Turkiya Suriya bilan chegarasida 550 kilometrlik beton devor qurdi


Turkiya o‘zining Suriya bilan chegarasida 556 kilometr uzunlikdagi beton devor qurdi. Bu haqda, Turkiya Mudofaa vazirligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Yanvar oyida Turkiyaning Suriya va Iroq bilan chegarasi bo‘ylab 330 kilometrlik beton devor qurilishi yakuniga yetkazilgani ma’lum qilingan edi.

Anadolu agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan xavfsizlik choralari sabab, so‘nggi bir yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq 57 186 holatning oldi olingan.

Turkiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 74 mamlakatning jami 424 641 fuqarosi qo‘lga olingan, ularning aksariyati (390 336 nafari) suriyaliklar ekani aytilmoqda.

Ayni vaqtda, IShID terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilish istagida bo‘lgan yollanma shaxslar soni 2016 yilda bir yil avvalgiga nisbatan yetti barobar kamaygan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют