» » Britaniyalik erkak jarima to‘lovini bir chelak tanga bilan amalga oshirdi (video)

Britaniyalik erkak jarima to‘lovini bir chelak tanga bilan amalga oshirdi (video)


Britaniyalik erkak 60 funt miqdorida jarima to‘lovini amalga oshirish uchun shahar kengashiga 1 va 2 penni bo‘lgan bir chelak tanga olib keldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

2017-yilning fevral oyida Peddi Forbs o‘g‘lini dengizga olib bordi, ammo u o‘g‘li tahsil olayotgan maktab ma’muriyatidan buning uchun ruxsat olmagan edi. Ota va bola uyga qaytgach, jarima haqida bildirishnoma kelgan.

Natijada g‘azablangan erkak jarimani to‘lash maqsadida shahar kengashiga bir chelak tanga olib keldi va mijozlarni qabul qilish ustunchasiga tangalarni to‘kib tashladi.

Britaniyalik erkakning to‘lovi qabul qilinmaganligi istisno etilmayapti. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, 1 va 2 pennilik tangalarni 20 pennidan qimmat bo‘lmagan tovar yoki mahsulotni sotib olishda ishlatish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют