» » Xitoydagi avtobus korxonasi chaqa pullarni bankka olib borishga erinib, haydovchilarga maosh tariqasida tarqatdi

Xitoydagi avtobus korxonasi chaqa pullarni bankka olib borishga erinib, haydovchilarga maosh tariqasida tarqatdi


Sharqiy Xitoydagi avtobus kompaniyasi bayramdan so‘ng yig‘ilib qolgan katta miqdordagi tanga pullarni bankka eltish zaruratidan qochib, haydovchilarning maoshini mayda chaqalarda to‘ladi, deya xabar beradi TJournal.

200 ga yaqin haydovchi ish haqi sifatida asosan 1 yuanlik tangalar bilan to‘ldirilgan qoplarni olgan.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, buning o‘rniga tangalarni bankka yuborib, qayta hisoblatish mumkin edi, biroq buning uchun ancha-muncha harakat qilishga, xususan, texnik va inson resurslarini jalb etishga to‘g‘ri kelardi.

Haydovchilar esa bu holatdan norozi: har holda, bunday pul bilan do‘konda yurish noqulay. Qayd etishlaricha, haydovchilarga maosh tariqasida 300 dan 1000 yuangacha bo‘lgan summalar chaqa pulda berilgan.

Voqea OAV e’tiboriga tushganidan so‘ng, Xitoy xalq banki avtokorxona rahbariyati bilan bog‘lanib, tangalarni nisbatan yengil va qulay bo‘lgan banknotlarga almashtirib berish yo‘li yordam ko‘rsatishni taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют