» » Ko‘k ko‘zli orangutan-albinos Borneoda asirlikdan ozod qilindi

Ko‘k ko‘zli orangutan-albinos Borneoda asirlikdan ozod qilindi


Besh yoshli urg‘ochi orangutan-albinos Indoneziyadagi Borneo orolida asirlikdan ozod qilindi, deb xabar berdi Daily Mail.

Ikki kun qafasda o‘tirgan maymun Borneoda orangutanlarni qutqarish fondi (The Borneo Orangutan Survival Foundation) faollari tomonidan qutqarildi. Ekologlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu albinos — ozod qilishga erishilgan birinchi albinosdir.

Urg‘ochi Kalimantan orangutanining terisi oq rangda, ko‘zlari ko‘k va yungi kulrang, shuningdek, u yorug‘likka o‘ta ta’sirchan. Mahalliy OAV ning ma’lum qilishicha, bu turdagi maymunlarning o‘n mingdan bittasi albinos bo‘lishi mumkin.

Hayvonni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan Fond kuzatuvchilari uning sog‘ligini nazorat qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, maymun tez orada tabiiy sharoitga qo‘yib yuboriladi.

2016-yil sentabr oyida Jahon tabiatni muhofaza qilish kongressi yig‘ilishida Kalimantan orangutani va Sumatra orangutani yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan hayvonlar qatoriga kiritilgan haqidagi hisobot taqim etilgan edi.

Borneo hamda Sumatra orollari — bu kabi odamsimon maymunlar yashaydigan yer yuzidagi yagona maskan hisoblanadi. Mutaxassislarning 2016-yil mart oyidagi fikricha, u yerda 60 ming orangutan yashaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют