» » Maxsus xizmatlar IShIDning o‘z ijtimoiy tarmoqlarini yaratayotganini ma’lum qildi

Maxsus xizmatlar IShIDning o‘z ijtimoiy tarmoqlarini yaratayotganini ma’lum qildi


IShID va “Al-Qoida” tarafdorlari muloqot uchun o‘z qurilmalarini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati direktori Rob Ueynrayt Londondagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Qayd etilishicha, AQSh, Belgiya, Gretsiya, Polsha va Portugaliya mutaxassislari tomonidan 48 soat davomida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida ekstremistlarning internet-kommunikatsiya sohasida ish olib borayotgani aniqlangan. Mutaxassislar 52 ijtimoiy mediaplatformada ekstremistik tarmoqning 2000 dan ziyod elementi borligini aniqladi.

“Ushbu operatsiya doirasida IShID o‘z maqsadlarida foydalanish uchun ijtimoiy mediada o‘zining platformasini, internetda o‘zining shaxsiy qismini ishlab chiqayotgani aniqlandi”, — dedi Ueynrayt.

Yevropol rahbari ekstremistlar muloqot uchun shaxsiy internet-platformani rivojlantirish orqali axborotning tashqariga chiqib ketishi va maxsus xizmat tomonidan fosh qilinishining oldini olishga harakat qilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbir terrorchilarning haqiqatan ham muloqotga kirishishi va targ‘ibot olib borishining samaradorligini oshiradi.

“Biz, albatta, bu borada ularning ishini qiyinlashtirdik, biroq biz ular hamon qo‘rqinchli videolarni joylashtirib, internetdan aloqa uchun keng foydalana olayotganini kuzatyapmiz”, — dedi politsiya xizmati rahbari.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют