» » Somalida bosh moliyaviy nazoratchining soqchilari prezident saroyi yaqinida vazirni o‘ldirdi

Somalida bosh moliyaviy nazoratchining soqchilari prezident saroyi yaqinida vazirni o‘ldirdi


Mogadishoda Somali bosh moliyaviy nazoratchisining qo‘riqlash xizmati fuqarolik qurilishi vazirining mashinasiga qarata o‘t ochib uni o‘ldirdi, deb xabar berdi Meduza.

Otishma 3-may kechasi prezident saroyi atrofida sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida boshqa jabrlanuvchilar bo‘lgan-bo‘lmaganligi haqida hech qanday xabar berilmadi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, vazirning avtomobili moliyaviy nazoratchi mashinasiga yaqinlashgan va uning ortidan yura boshlagan.  Nazoratchining tansoqchilari o‘t ocha boshlagan, vazirning qo‘riqchilari ham bunga javoban o‘t ochgan. Otishmaga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum.

31 yoshli fuqarolik qurilishi vaziri Abbos Abdullohi Somali hukumatining eng yosh a’zosi edi. Abbos umrining asosiy qismini Keniyada, qochoqlar lagerida yashab o‘tkazgan va 2011-yilda Somaliga qaytgan. 2016-yilning kuzida parlamentga saylangan, mart oyida esa vazirlik lavozimini egallagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют