» » Obama Makronni qo‘llab-quvvatlash maqsadida videomurojaat yozdi

Obama Makronni qo‘llab-quvvatlash maqsadida videomurojaat yozdi


AQShning sobiq prezidenti Barak Obama maxsus videomurojaat bilan chiqib, unda Fransiya prezidentligiga nomzod Emmanyuel Makronni qo‘llab-quvvatladi. Murojaat Makronning Twitter’dagi sahifasida chop etildi, deb xabar beradi “RBK”.

O‘z murojaatida Obama saylovlarga aloqador bo‘lishni istamasligini, ammo Fransiyadagi saylov kampaniyasi mamlakatning kelajagi va qadriyatlari himoyasi nuqtai nazaridan muhimligini ta’kidladi.

“Shu bois Fransiyaning muvaffaqiyati butun dunyo uchun muhim”, — qayd etdi AQShning sobiq rahbari.

L'espoir est en marche. Merci @BarackObama. pic.twitter.com/0azZHLZLse

— Emmanuel Macron (@EmmanuelMacron) May 4, 2017

Obama Makronning kampaniyasidan lol qolganini tan oldi. Uning fikricha, Makron Fransiyaning Yevropa va jahondagi roliga alohida urg‘u bergani ayniqsa tahsinga sazovor.

“U odamlarning qo‘rquvlariga emas, ularning orzu-maqsadlariga murojaat qilmoqda”, — ta’kidladi Obama.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют