» » “Boysun bahori” festivali yana mehmonlarni qarshi oladi

“Boysun bahori” festivali yana mehmonlarni qarshi oladi


13—14-may kunlari Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

2001-yilda Boysun tumani YuNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2002-yil may oyida esa bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan xalq ijrochilari ishtirokida “Boysun bahori” birinchi ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tgan.

Qayta tashkil etilayotgan mazkur festival boshqa bir qator festivallar, jumladan, Samarqanddagi “Sharq taronalari”, Buxorodagi “Ipak va ziravorlar”, Marg‘ilondagi “Atlas bayrami”, Xorazmdagi “Raqs sehri” va turizm ko‘rgazmalari kabi ulkan madaniy tadbirlar ro‘yxatiga kiritiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 23:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют