» » “Bunyodkor”ni “Al-Ayn”ga qarshi o‘yinda Mirjalol Qosimov emas, Viktor Karpenko boshqaradi

“Bunyodkor”ni “Al-Ayn”ga qarshi o‘yinda Mirjalol Qosimov emas, Viktor Karpenko boshqaradi


Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan joy olgan “Al-Ayn”ga qarshi bellashuvda “Bunyodkor”ga Viktor Karpenko murabbiylik qiladi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

“Qaldirg‘ochlar” ertaga — 6-may kuni Amirliklarga yo‘l oladi va 8-may kuni “Al-Ayn”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentda o‘tgan birinchi uchrashuvida mehmonlar 3:2 hisobida g‘olib chiqqandi. Ayni paytda “Al-Ayn” 9 ochko bilan guruhni boshqarib turibdi.

“Bunyodkor”ga yangi tayinlangan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni qisqa vaqt ichida OChL ro‘yxatidan o‘tkazishga ulgurib bo‘lmaydi. Shu boisdan u Amirlik safariga bormaydi va klub guruh bosqichini yakunlab olganidan so‘ng ishga kirishadi.

“Bunyodkor” 4-turdan keyinoq OChL guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish imkoniyatini yo‘qotib bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, Mirjalol Qosimovga jamoada Aleksandr Volkov hamda Shuhrat Maqsudov yordam beradi. Volkov mavsumni “Sho‘rtan”da boshlab, keyinroq iste’foga chiqarilgandi. Maqsudov esa O‘FF terma jamoalar markazida faoliyat olib borayotgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют