» » “Bunyodkor” Sergey Lushchan bilan ilk bor OChL guruh bosqichida zafar quchdi

“Bunyodkor” Sergey Lushchan bilan ilk bor OChL guruh bosqichida zafar quchdi


Sergey Lushchan murabbiylik qilayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida zafar quchdi. Bu holat uch yil deganda birinchi bor kuzatildi.

Musobaqani ketma-ket to‘rt mag‘lubiyat bilan boshlagan “qaldirg‘ochlar” muddatidan avval so‘nggi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘lgandi. Yo‘qotadigan narsa qolinmaganidan keyin esa Toshkent grandi 5-turda Saudiya klubini mag‘lub eta oldi — 2:0.

Mazkur g‘alaba “Bunyodkor”ga hech qanday yordam bermadi va faqatgina Sergey Lushchanning qora an’anasiga chek qo‘ydi. Toshkentliklar so‘nggi bor 2014-yilning 23-aprel kuni “Al-Jaish” klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Shundan so‘ng OChL guruh bosqichidagi ketma-ket 18 ta o‘yinda zafar qucha olmadi.

Mag‘lub tomon “Al-Ahli” esa so‘nggi tur oldidan qiyin vaziyatda qoldi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 5-tur
24-aprel, dushanba

Gollar: Akrom Komilov, 8 (1:0). Eldor Shomurodov, 54 (2:0).

Gollar: Asprilya, 25 (0:1). Umar Abdulrahmon, 60 (0:2). Muhammad Abdulrahmon, 81 (0:3).

Опубликовано: admin (25-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют