» » Qashqadaryodagi qabulda og‘ir dardga chalingan fuqaroning sog‘lig‘ini tiklash uchun yordam beriladigan bo‘ldi

Qashqadaryodagi qabulda og‘ir dardga chalingan fuqaroning sog‘lig‘ini tiklash uchun yordam beriladigan bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi sayyor qabulda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglanib, aholi noroziligiga sabab bo‘lgan holatlarni hokimlar, masalaga daxldor boshqarmalar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Aksariyat murojaatlardagi inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.

“Taqdir taqozosi bilan turmush o‘rtog‘im og‘ir dardga chalindi, — dedi Kasbi tumanidan Nafosat Turdiyeva. — Bir necha bor murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi natijasida ishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Oilaviy sharoitimiz juda og‘ir. Shu bois erimni imtiyozli nafaqaga chiqarish va uning sog‘lig‘ini tiklashga yordam berishlarini so‘rab, men bormagan idora, kirmagan tashkilot qolmadi. Biroq, bir necha yildirki, tayinli javob ololmadim. Ilojsizlikdan Prezidentimizning virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Xalq dardi bilan yashash, quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lishga da’vat qilayotgan davlatimiz rahbariga katta rahmat. Bugun sayyor qabulda mutasaddilar dardimni diqqat bilan tingladi. Muammomiz hal etildi. Bundan behad minnatdormiz”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют