» » Fotogalereya: Toshlardan faqatgina muvozanat hisobiga yasalgan haykallar

Fotogalereya: Toshlardan faqatgina muvozanat hisobiga yasalgan haykallar


AQShning Kolorado shtatidan bo‘lgan suratkash va haykaltarosh Maykl Greb toshlardan g‘aroyib shakllar hosil qilish qobiliyati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi, deb xabar beradi TJournal.

U oddiy toshlar va shag‘allardan iborat installyatsiyalarida toshlarni bir-biriga mustahkamlash o‘rniga faqatgina tortishish kuchidan foydalanmoqda.

Maykl Grebning so‘zlariga ko‘ra, har bir toshda ko‘plab yoriq, chuqur va qavariq joylar bo‘lib, toshlar shunday joylar hisobiga bir-biri bilan birlashadi.

Uning mazkur sevimli mashg‘uloti bolaligida paydo bo‘lgan. Keyinchalik sevimli mashg‘ulot Gravity glue loyihasiga aylandi.

Greb toshlardan yasalgan ishlarning suratini o‘z saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylaydi. Instagram’dagi suratlarda esa toshli haykallardan tashqari, ularning muallifi hamda ish jarayonini ko‘rish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют