» » Xitoydagi ulkan tashuvchi raketa sun’iy yo‘ldoshni koinotga olib chiqishi uchun kosmodromga olib kelindi

Xitoydagi ulkan tashuvchi raketa sun’iy yo‘ldoshni koinotga olib chiqishi uchun kosmodromga olib kelindi


Xitoyning “Chanchjen-5B” (“Buyuk safar-5”) tashuvchi raketasi yangi telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqish maqsadida Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromiga olib kelindi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasining (CASC) ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda tashuvchi raketa “Shitszyan-18” (Shijian-18) sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqishga tayyorlanmoqda. Parvoz iyun oyiga rejalashtirilgan.

Parvoz ayni vaqtda Xitoyda eng qudratli eltuvchi hisoblangan “Chanchjen-5” seriyasidagi tashuvchi raketa uchun ikkinchisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning noyabrida Xitoy janubida “Chanchjen-5” tashuvchi raketasi ilk bor uchirilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют