» » Fransiyadagi harbiy baza yaqinida qo‘lga olingan erkak terakt tayyorlaganini tan oldi

Fransiyadagi harbiy baza yaqinida qo‘lga olingan erkak terakt tayyorlaganini tan oldi


Fransiyada IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanuvchi ekstremist hujumni rejalashtirganini tan oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

5-may kuni kechqurun Fransiya g‘arbidagi Normandiya viloyatida Evryo harbiy bazasi yaqinida sobiq harbiy xizmatchi hibsga olindi. U terakt tayyorlashda gumon qilindi.

34 yoshli erkak yakka o‘zi IShID nomidan terakt uyushtirishni rejalashtirgan. So‘roq chog‘ida u shunday niyatda bo‘lganini tan oldi.

Tergovga yaqin manba xabar qilishicha, IShIDga aloqadorligi haqidagi bayonotini erkak videoga olgan, u uning mashinasidagi fleshkadan topilgan.

Gumonlanuvchi 2013-yilda armiyadan ketib, so‘ng islom dinini qabul qilgan, 2014-yildan buyon u qattiq kuzatuv ostida bo‘lgan.

Hozircha huquq-tartibot organlari xodimlari erkak harbiy baza yonida aynan nima ish bilan mashg‘ul bo‘lgani va unga kirgan-kirmaganligini aniqlay olmadi. Harbiy bazada Fransiya prezidenti Fransua Olland foydalanadigan A330 samolyoti ham joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют