» » Fransiyadagi prezident saylovida Emmanyuel Makron yetakchilik qilmoqda

Fransiyadagi prezident saylovida Emmanyuel Makron yetakchilik qilmoqda


Fransiya prezidentligiga saylovning ikkinchi turida dengiz orti hududlarad “Olg‘a!” harakati yetakchisi Emmanyuel Makron yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Soir gazetasining bildirishicha, Sen-Pyer va Mikelon dengiz orti jamoatida Makron 63,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi, uning raqibasi — “Milliy jabha” partiyasidan nomzod Marin Le Pen esa 36,7 foiz ovozga ega bo‘lib turibdi. Sen-Martenda Makron 67,6 foiz, Le Pen esa 32,4 foizga egalik qilib turibdi. Fransiya Gvianasida Makron va Le Penning ko‘rsatkichlari tegishli ravishda 65 va 35 foizni tashkil qilmoqda. Nihoyat, Martinika orolida Makron 77,5 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda, Le Pen xonim esa 22,5 foiz ovozga ega.

Tilga olingan hududlarda ovoz berish soat kamarlaridagi tafovut tufayli ilgariroq bo‘lib o‘tdi.

AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi Fransiya fuqarolari orasida Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar ulushi yanada ko‘proqni tashkil etmoqda: Nyu-Yorkda u 94,7 foiz (Le Pen — 5,3 foiz), Chikagoda 92 foiz (Le Pen — 8 foiz), Bostonda 95,7 foiz (Le Pen — 4,3 foiz), Ottava va Monrealda 90 foiz (Le Pen — 10 foiz) ovozni qo‘lga kiritdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют