» » Venesueladagi Mi-17 vertolyoti qulagan manzildan 8 kishining jasadi topildi

Venesueladagi Mi-17 vertolyoti qulagan manzildan 8 kishining jasadi topildi


Venesuela rasmiylari o‘tgan yil dekabrida Amasonas shtatida g‘oyib bo‘lgan Mi-17 vertolyoti qulagan manzildan 8 kishining jasadini topdi. Bu haqda mamlakat prokuraturasi saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.

Prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, havo kemasi bortida jami 13 kishi bo‘lgan. Hozirda qolgan qurbonlarning jasadi qidirilmoqda.

Hodisa joyida kriminalistlar ishlamoqda, biroq halokat sabablari shu kungacha aniqlanmadi. Topilgan jasadlar ekspertizaga yuborildi.

Vertolyot 2016-yil 30-dekabrida Puerto-Ayakucho posyolkasidan havoga ko‘tarilgan, biroq parvozdan 40 daqiqa o‘tib, u bilan aloqa uzilgandi. Havo kemasi qoldiqlari 3-may kuni Esmeralda bazasidan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda, borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududda topildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют