» » Ish joyida diqqat-e’tiborni bir joyga to‘plash uchun nima qilish kerak?

Ish joyida diqqat-e’tiborni bir joyga to‘plash uchun nima qilish kerak?


Tasavvur qiling — o‘rtacha olganda ofis xodimini har 3 daqiqada ish jarayonidan chalg‘itishadi. Qaytadan diqqatni to‘plash uchun esa unga 25 daqiqa zarur bo‘ladi. Albatta bizning o‘zimiz ham ko‘plab distrakt omillarni bilamiz, lekin ulardan qutulish uchun hech qanday chora ko‘rmaymiz. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ramiz!

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

Diqqatni to‘plash qobiliyatingiz sutkaning turli vaqtlarida turlicha ekanligini o‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Ko‘pchilik uchun eng sermahsul va “diqqat-e’tiborli” davr soat 12:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘i, faollikning ko‘proq oshishi esa tushdan keyin soat ikkiga to‘g‘ri keladi.

Miyamiz o‘z tajribalari asosida o‘rganadi. Bu, siz zararli faoliyat bilan qancha ko‘p shug‘ullansangiz, uni davom ettirishingiz shuncha oson va ishga diqqatingizni jalb qilish esa qiyinroq bo‘lishini bildiradi.

Miyangizni mashq qildiring — imkoniyat va zarurat bo‘lganda, diqqatingizni ongli ravishda ishga qarating. Har safar, chalg‘iyotganingizni sezganingizda iloji boricha tezroq diqqatingizni to‘plashga harakat qiling. Shundagina aqlingiz to‘g‘ri “reflekslar”ga ega bo‘ladi.

Yangi modadagi multivazifalilik sharoitida biz bir yo‘la iloji boricha ko‘proq ma’lumotlar olishga harakat qilamiz: brauzer ichida o‘nlab ilova (vkladka)larni ochamiz, xatlar, telefon qo‘ng‘iroqlari va xabarlarga to‘xtovsiz javob beramiz. Lekin bunday qizg‘in faoliyat sifatli natijani umuman kafolatlamaydi.

Diqqatni jamlashga qiynalyotgan bo‘lsangiz, bu oqimdan chiqib oling. Agar ofisdan sizni hech kim bezovta qilmaydigan biror joy topsangiz va u yerda Wi-Fi ishlamasa, hisobotlarni tezroq yozishingiz oson bo‘lar edi.

Manba: “Anysports.tv”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют