» » Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari

Oftobda chiroyli qorayish yo‘llari


Hamma uchun sevimli bo‘lgan tabiat qo‘ynida sayr qilish mavsumi boshlanishiga ham yaqin qoldi. Agar siz quyoshda sog‘liqqa zarar yetkazmasdan chiroyli qorayishni xohlasangiz – bu maqolamiz siz uchun.

Chiroyli va bir tekisda qorayish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish: terini piling yordamida eski hujayralardan tozalash lozim. Lekin bu mashg‘ulotlardan keyin birdaniga qorayishga ketmang, aksincha tanangizda qichishish yoki pigment dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

Dushdan keyin terining tarangligi va egiluvchanligini saqlashga yordam beruvchi faol namlovchi vositalardan foydalanishga harakat qiling, chunki uzoq vaqt quyoshda bo‘lish natijasida teri quruqlashib qolishi mumkin.

Quyoshda qorayish yaxshi natija berishi uchun, taomnomangizga melanin ishlab chiqarishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar qo‘shish lozim: sabzi yoki  sitrusli mevalar (greypfrut, apelsin, limon, mandarin) sharbatlari.

Mutaxassislar quyosh vannalarini quyosh bulutlar orasida bo‘lgan yoki uning nurlari tik tushmagan vaqtlarda qabul qilishni tavsiya qilishadi. Bunday holatlarda uning ta’siri inson uchun unchalik xavfli hisoblanmaydi.

Soat 12 gacha va soat 16 dan keyin qorayishga harakat qiling. Qorayish uchun qulay holatda joylashishda quyosh qaysi tomondan nur sochayotganini unutmang. Holatingizni har 5—10 daqiqada o‘zgartirib turing.

To‘g‘ri qorayishning yana bir qoidalaridan biri quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishdir. Agar sizning teringiz oqish rangli bo‘lsa, yaxshisi quyoshdan himoyalovchi SPF 50 kremidan foydalaning.

Manba: “Anysports.tv”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют