» » O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?

O‘z-o‘zingizga bergan va’dalarni qanday bajarish mumkin?


Ko‘pchilik o‘ziga-o‘zi sport bilan shug‘ullanishga yoki chekishni tashlashga yoki yaxshiroq ish topishga va shunga o‘xshash va’dalar beradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan va’dalar bajarilmasdan unutilib ketadi. Agar siz haqiqatan ham maqsadingizga erishishni xohlasangiz, bu maqolamiz yordam beradi deb umid qilamiz.

Qisqa vaqt ichida mukammallikka erishish uchun o‘zingizga talablaringizni uzundan-uzoq ro‘yxat qilganingizni tushunsa bo‘ladi. Lekin bu maqsadlaringizning hammasini bir yo‘la emas, bittalab va tartib bilan amalga oshiring.

Aytaylik, siz ozishni xohlaysiz. Oldingizda turgan: taomnomani o‘zgartirish, sevimli ovqatlaringizdan voz kechish va jismoniy faollikni oshirish vazifalarini navbati bilan bajarishingiz lozim bo‘ladi.

Maqsadingizni birorta yaqin kishingizga aytsangiz, muvaffaqiyatga erishish osonlashadi. Boshqa odam oldidagi burch motivatsiyani, eshitilgan maqtov esa o‘zidan qoniqish hissini oshiradi.

Agar va’dani bajara olmasangiz, irodangiz kuchsizligi bilan o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lasiz, albatta. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, irodani chiniqtirish yo‘llari ham bor ekan. Maqsadingizga erishishni chinakamiga xohlasangiz tirishqoqlikni kuchaytiring.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют