» » Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykalning ochilishi 9-may kuni bo‘lib o‘tadi

Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykalning ochilishi 9-may kuni bo‘lib o‘tadi


Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan haykalni Toshkent markaziga ko‘chirish ishlari yakunlandi, deb yozadi “Nuz.uz”. Yodgorlik Xalqlar do‘stligi bog‘i (sobiq Bobur nomli bog‘)ga o‘rnatildi. Uning tantanali ochilish marosimi bugun, 9-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Nashr ta’kidlashicha, ayni paytda yodgorlik ochilish uchun to‘liq tayyor holatda turibdi. O‘n beshta bola haykali ham joy-joyida. Nashr eslatishicha, o‘tgan yil oktabida Madaniyat vazirligi vakillari haykallardan biri yo‘qolganini ma’lum qilgan edi, ammo endi bola haykali qayta tiklangan va uni ham kompozitsiyada ko‘rish mumkin. Shuningdek, butun ansambl ham restavratsiya qilingan — eski bo‘yog‘i o‘chirilgan va qaytadan bronza rangiga bo‘yalgan.

Rasmiy ochilishni kutmasdan, toshkentliklar 8-may kunidanoq yodgorlikka guldastalar qo‘yishni boshlagan, deb yozadi nashr.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 1) ( 66) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...