» » Pxenyanda jamoat transporti qanday ishlaydi?

Pxenyanda jamoat transporti qanday ishlaydi?


“Vesti.ru” nashrining KXDRdagi maxsus muxbiri Pxenyandagi jamoat transporti haqida maqola tayyorladi.

Unda aytilishicha, shaharning keng ko‘chalarida shaxsiy avtomobillar juda kam bo‘lib, hech qachon tirbandliklar kuzatilmaydi. Metro esa nafaqat harakatlanish vositasi, balki davlat qudratining  namoyishi hamdir. Vagonlarga Kim Ir Sen va Kim Chen Inning portretlari ilingan. Platformalarda barcha gazetalarning bugungi sonlari turadi.

Pxenyan metrosida adashib qolish — deyarli imkonsiz narsa. Ikkita tarmoq, boshqa tarmoqqa o‘tish uchun bitta bekat, xaritalar, tablo va navbatchilar — har qadamda. Tabloda zarur bekatni tanlab, bossangiz, u yerga yetib borish yo‘nalishi yonadi.

Yo‘lkira avtobusda ham, metroda ham bir xil — 5 von (taxminan 0,4 sent). Chipta xarid qilish hattoki mahalliy aholi uchun ham shunchaki rasmiyatchilik deyish mumkin. Butun shahar transporti davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Pxenyanda mahalliy mezonlarga ko‘ra qimmat hisoblanadigan transport — taksi. Bir litr benzin KXDRda bir dollar turishini hisobga olganda, bu — hashamat. Avtomobillar yangi, asosan Xitoy va Yaponiyaniki. Ammo rulda mashina markasi o‘rniga haydovchi haqidagi ma’lumot tushirilgan qog‘ozni ko‘rish mumkin.

Ko‘chalarda elita markadagi avtomobillar ham uchraydi. Mercedes, Lexus va BMW’larni oqshom paytlari konsertlar o‘tkaziladigan madaniyat uylari yonida, kunduzlari esa rasmiy tadbirlar joylari yaqinida ko‘rish mumkin.

Pxenyanda velosipedlarni hamma joyda uchratish mumkin. Veloyo‘lkalar va velosipedlar uchun turargohlar shaharda ko‘p. Bu, koreyaliklar aytishicha, ham iqtisodiyot, ham ekologiya va ham xalq salomatligi uchun foydali.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют