» » OChLda yengilish bo‘yicha “chempion” hisoblangan O‘zbekiston klublaridan tarixiy — 100-mag‘lubiyat

OChLda yengilish bo‘yicha “chempion” hisoblangan O‘zbekiston klublaridan tarixiy — 100-mag‘lubiyat


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 6-turida ham mag‘lub bo‘lib, O‘zbekiston futbol klublarining tarixiy — 100-mag‘lubiyatiga imzo chekishga “muvaffaq” bo‘ldi.

Amirliklarda “Al-Ayn”dan yengilgan “Bunyodkor”ning Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatlari soni 32 taga yetdi. “Championat.asia”ning futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevga tayanib ma’lum qilishicha, bu Osiyo klublari orasida antirekord hisoblanadi.

Qiziq tomoni, Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor”da ham mag‘lubiyatlar soni 32 tani tashkil qiladi. Bu borada “Bunyodkor” hamshahrining antirekordini takrorlagan.

Farqi shundaki, “qaldirg‘ochlar” antirekord qayd etish uchun 81 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Paxtakor” esa OChLda 87 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 32 tasini boy bergan.

“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi 32 mag‘lubiyatining uchdan bir qismi Sergey Lushchan chekiga tushadi. Qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasida 2008-yildan buyon ishtirok etadigan “Bunyodkor” so‘nggi uch yilda eng sharmandali natijalarini qayd etgani e’tiborga molik.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futbol klublari Chempionlar ligasida jami 241 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, shularning 86 tasida g‘olib chiqqan va 55 tasida durang o‘ynagan. Bunda mag‘lubiyatlar soni roppa-rosa 100 ta. To‘plar nisbati ham manfiy tomonda — 295:331.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют