» » FQB direktori o‘zining iste’fosi haqidagi xabarga ishonmadi

FQB direktori o‘zining iste’fosi haqidagi xabarga ishonmadi


Jeyms Komi o‘zining iste’fosi haqida jurnalistlar tomonidar tarqatilgan xabarga ishonmadi. The New York Times’ning yozishicha, Donald Trampning ushbu tegishli qarori haqidagi xabar Federal qidiruv byurosi (FQB) direktoriga Los-Anjelesda xodimlari bilan bo‘lib o‘tadigan nutqidan oldin yetib borgan.

Teleekrandagi tezkor xabarga ko‘zi tugan Komi bunga kulgan va buni “juda yaxshi hazil” deya atagan. Biroq direktorning kuzatuvchilari chiqishni tugatishini va xonadan chiqib ketishini ishora qilgan. U yerda o‘zining iste’fosi haqida xabar qilishgan.

Tramp Komini adliya vaziri, bosh prokuror Jeff Seshns taklifiga binoan haydab yubordi. FQB sobiq direktoriga yuborilgan xatda u idora tomonidan “samarali boshqarish qobiliyatiga ega emas” deb ko‘rsatilgan.

Avvalroq, Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden AQSh prezidenti Donald Trampning Jeyms Komini lavozimidan chetlatish qaroriga qarshi chiqqani haqida xabar berilgandi.

FQB direktori vazifasini bajaruvchi etib 49 yoshli Endryu Makkeyb tayinlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют