» » Everestdagi g‘orda cho‘qqiga “chiptasiz” ko‘tarilgan Janubiy afrikalik alpinist qo‘lga tushdi

Everestdagi g‘orda cho‘qqiga “chiptasiz” ko‘tarilgan Janubiy afrikalik alpinist qo‘lga tushdi


Everestning 6 ming metr balandlikdagi qiyaligidagi g‘orda yashiringan Janubiy afrikalik alpinist aniqlandi. Rayan Shon Devi Everestga sayyohat uchun 11 ming dollar to‘lamagan va rasmiylardan yashirinib, cho‘qqiga ko‘tarilayotgandi, deya xabar beradi Daily Mail.

Xorijiy sayyohlar odatda guruh bo‘lib cho‘qqiga ko‘tariladi, shu sababli yolg‘iz Rayan darrov e’tiborni tortdi. Davlat vakillari unga yaqinlashganda, alpinist to‘satdan qochishga tushdi.

Uzoq davom etmagan ta’qibdan so‘ng qochoq nazoratchilardan yashirinish uchun lager tiklangan g‘ordan topildi. U o‘zini tanishtirib, rejissyor va prodyusser ekanligi, cho‘qqiga ko‘tarilish uchun puli yo‘qligini tushuntirdi.

“Chiptasiz” Devi tog‘ etagiga tushirildi va hujjatlari olib qo‘yildi. Endi u ikki barobar — 22 ming dollar miqdoridagi jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, unga 5 yil muddatga Nepalga kirish yoki 10 yil mamlakat hududidagi tog‘larga ko‘tarilish man etilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют