» » Foto: Toshkentdagi kuchli shamol oqibatlari

Foto: Toshkentdagi kuchli shamol oqibatlari


9-may kuni soat 21:00 atrofida bayram salyuti bilan deyarli bir vaqtda Toshkentda kuchli shamol esishni boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tabiat hodisasi yetkazgan zararning oqibatlari aks etgan suratlar joylandi. “Darakchi.uz” ulardan fotojamlanma tayyorladi.

Chilonzor tumanida shamol kuchidan yiqilgan daraxt Nexia avtomobiliga jiddiy zarar yetkazdi, uning egasi maxsus texnikadan foydalanishiga to‘g‘ri keldi.

Shamol nafaqat Toshkent, balki unga yaqin hududlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Qibray tumanining Geofizika qo‘rg‘onida shamol bino tomini uchirib ketdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Matiz avtomobilini shamoldan qutqarib qolgan qo‘shnilariga minatdorchilik bildirdi. U avtomobilini qulflamagan holda uning yonidan ketganini, ustiga tom qulashini sezgan qo‘shnilari avtomobilni xavfsiz joyga haydab olib qo‘yishganligini yozib ulardan minatdorligini izhor qildi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 15-20 m/s tashkil qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют