» » Keyptaundagi kuchli shamol velopoyganing 40 yilda ilk marta bekor qilinishiga sabab bo‘ldi (video)

Keyptaundagi kuchli shamol velopoyganing 40 yilda ilk marta bekor qilinishiga sabab bo‘ldi (video)


Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida tashkil etilgan velopoyga kuchli shamol tufayli bekor qilindi, deb xabar bermoqda TJournal.

Xaut-Bey yarim orolida o‘tkazilgan Cape Town Cycle Tour velopoygasi 40 yilda birinchi marta bekor qilindi. Musobaqa ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday qarorga kelindi.

Avvaliga tashkilotchilar masofani 109 kilometrdan 78 kilometrgacha qisqartirdi. Biroq poyga deyarli boshlanishi bilan kuchli shamol boshlandi. Uning tezligi soatiga 100 kilometrni tashkil qildi.

Velopoygada ishtirok etish uchun 35 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgandi. Tashkilotchilar musobaqani 2018-yilda o‘tkazishga umid qilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют