» » Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“25 yillik diplomatik munosabatlar davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida chinakam do‘stona aloqalar, mustahkam strategik hamkorlik munosabatlari, ikki tomon kun tartibining barcha masalalari yuzasidan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv muloqot o‘rnatildi”, — deb e’tirof etilgan maktubda.

Qayd etilganidek, tomonlar yetakchi Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokidagi avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektroenergetika, neft-gaz, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatlarida, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va boshqa sohalarda investitsion hamkorlikning ulkan ijobiy natijalarini qo‘lga kiritdi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida uzviylik va bosqichma-bosqichlikni saqlab qolgan holda kelajakda ham Koreya Respublikasi bilan do‘stlik va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidan boradi”.

O‘zbekiston Prezidenti Mun Chje Inni o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lishga taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют