» » Latviyada o‘g‘rilar kontrrazvedka boshlig‘ining uyini tunab ketdi

Latviyada o‘g‘rilar kontrrazvedka boshlig‘ining uyini tunab ketdi


Satversmeni himoya qilish byurosi – Latviya kontrrazvedkasi direktori Yanis Mayzitis kvartirasiga noma’lum kimsalar kirib, uning kompyuterini o‘g‘rilab ketdi. Bu haqda muassasa vakiliga tayangan holda 10-may, chorshanba kuni “Mixnews.lv” portali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

O‘g‘rilar janob Mayzitisning uyini tunab ketganini tasdiqlayman. O‘g‘rilangan kompyuterda maxfiy ma’lumotlar bo‘lmagan, bu uning shaxsiy komyuteri edi.

Iveta Maura, Latviya kontrrazvedkasi vakili

Latviya politsiyasi yuz bergan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Politsiya boshlig‘i Ints Kyuzisning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilik bir necha kun avval sodir bo‘lgan, kompyuterdan tashqari jinoyatchilar yana bir qancha buyumlarni o‘margan.

Ints Kyuzisning aytishicha, Latviya kontrrazvedka boshlig‘i yashaydigan hududda avval o‘g‘riliklar sodir bo‘lmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют