» » Xitoyda yo‘l chetida joylashgan uyga bir yilda 48 marta mashina urildi

Xitoyda yo‘l chetida joylashgan uyga bir yilda 48 marta mashina urildi


Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasida qad ko‘targan bir qavatli uyga 2016-yili 48 marta mashina kelib urildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Bino T-simon chorrahada joylashgani bois ko‘pgina haydovchilar burilish chog‘ida boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, binoga urilishi kuzatildi.

Uy egasi Xe Xayszyun devorga “Tezlikni tushiring!” deb yozilgan katta lavha ham osib qo‘ydi, ammo, aytilishicha, mashinalar unga urilishda davom etmoqda.

Uy egasining davom etishicha, bir necha yil muqaddam uy oldida yangi yo‘l yotqizilganidan so‘ng YTHlar yuz bera boshlagan. Haydovchilar 90 daraja ostida chapga burilish chog‘ida unga urilib ketadi.

Xayszyun va uning rafiqasi Syuy Jensyan olib borgan hisob-kitoblarga qaraganda, shu paytga qadar uyga 100 marta mashina urilgan. Shuningdek, ular YTHlar aks etgan fotosuratlarni to‘plab, ularni tuman ma’muriyatiga yo‘llanuvchi petitsiya va murojaatlarga ilova qilib boradi.

Ammo amaldorlar shikoyatlarga javob bermagani bois Xayszyun devor oldida eski g‘ishtlardan to‘siq ko‘tardi. Erkak mashinalar uygacha yetib kelmay, to‘siqda qolib ketishidan umid qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют