» » Pomir yo‘li National Geographic talqini bo‘yicha dunyoning eng chiroyli yo‘llari o‘nligidan joy oldi

Pomir yo‘li National Geographic talqini bo‘yicha dunyoning eng chiroyli yo‘llari o‘nligidan joy oldi


Pomir yo‘li National Geographic ilmiy-ommabop geografik jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng chiroyli avtomobil yo‘llari o‘nligiga kirdi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Pomir yo‘li Pomir tog‘lari tarmoqlaridan o‘rmalab chiqib, Pomirning uchta asosiy tog‘ dovoni: Taldik (3 615 metr), Qizil-Art (4 280 metr) va eng baland nuqta — Oqbaytal dovonidan (4 655 metr) o‘tadi. Yo‘ldagi eng jozibali bekatlardan biri bu dengiz sathidan 3 914 metr balandlikda joylashgan Tojikistondagi eng yirik ko‘l — Qorako‘ldir”, — deyiladi maqolada.

O‘nlikda Verdon darasidan (Fransiya) keyin ikkinchi o‘rindan joy olgan Pomir yo‘lidan tashqari, eng maftunkor yo‘llar o‘nligiga Dalton—Xayvey (AQSh), Transfegerashsk shossesi (Ruminiya), Chuysk yo‘li (Rossiya), Atlantika yo‘li (Norvegiya), Katta darvozalar yo‘li (Xitoy), 40-trassa (Argentina), Katta xalqa (AQSh) va Buyuk okean yo‘li (Avstraliya) kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют