» » Tramp “aniqlik uchun” matbuotga brifinglar berishdan voz kechishni taklif qildi

Tramp “aniqlik uchun” matbuotga brifinglar berishdan voz kechishni taklif qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uy vakillarining matbuot vakillari uchun beradigan brifinglarini “aniqlik maqsadida” yozma javoblar bilan almashtirishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga qaraganda, u “juda faol prezident”, uning davrida “ko‘p narsa ro‘y bermoqda”, va uning vakillari brifinglarda “mukammal aniqlik bilan gapira olmaydi”.

As a very active President with lots of things happening, it is not possible for my surrogates to stand at podium with perfect accuracy!….

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) May 12, 2017

…Maybe the best thing to do would be to cancel all future "press briefings" and hand out written responses for the sake of accuracy???

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) May 12, 2017

OAV FQB direktori Jeyms Komining ishdan bo‘shatilishi haqidagi turli xabarlarda mavjud qarama-qarshiliklarga e’tibor berginidan so‘ng Tramp mazkur taklif bilan chiqdi. Xususan, Oq Uy vakili Sara Sanders 10-may kuni jurnalistlarga ushbu qaror Adliya vazirligi tavsiyasiga ko‘ra prezident tomonidan qabul qilinganini aytgan bo‘lsa, ertasiga Trampning o‘zi qarorni mustaqil qabul qilganini bildirdi.

Shuningdek, Sanders xonim Komi byuroning oliy martabali xodimlari o‘rtasida dastagini yo‘qotganini, saylovga Rossiyaning aralashuvi taftishlari esa FQBning asosiy vazifalariga qatoriga kirmasligini aytib o‘tgan edi. 11-may kuni FQB direktori vazifasini bajaruvchi Endryu Makkeyb ikkala ma’lumotni ham inkor qildi.

Muqaddam OAV Trampning matbuot kotibi Shon Spayserni amaldagi AQSh ma’muriyati birinchi ish kunlari haqida yolg‘on ma’lumot taqdim etishda ayblagan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют