» » O‘zbek bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev vafot etdi

O‘zbek bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev vafot etdi


O‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan shoir Tursunboy Adashboyev 78 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Tursunboy Adashboyev 1939-yil 1-yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan (1962).

Ilk she’rlar to‘plami — “Kamolning olmasi” (1964). “Biz sayohatchilar” (1966), “Olatovlik bo‘laman”, “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Surnay” (1970), “Nur daryo” (1975), “Guldasta” (1968), “Olatog‘-lolatog‘” (1978), “Oqbo‘ra to‘lqinlari”, “Sovg‘a”, “Arslonbob afsonasi” (1988), “Sichqonning orzusi”, “Uch bo‘taloq va sirli qovoq” (1990), “Orzularim — qo‘sh qanotim” (2003), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003, ertaklar) kabi to‘plamlari nashr etilgan.

Uolter Delamar, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Leon Briyedis kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 10:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют