» » Shavkat Mirziyoyev Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi rahbarini qabul qildi


Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilinni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur kompaniya O‘zbekistondagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish, Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash jarayonida faol ishtirok etmoqda.

Uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng zamonaviy, ekologik toza va samarador texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada keng ko‘lamda davom ettirish tarafdorimiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Uchrashuvda yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Van Ilin, Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют