» » Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:0. Murod Ahmadaliyev ham kubalik bokschidan ustun keldi

Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:0. Murod Ahmadaliyev ham kubalik bokschidan ustun keldi


WSB chorak finalidan joy olgan Uzbek Tigers va Cuba Domadores to‘qnashuvining ikkinchi jangi ham mezbon bokschining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Rio—2016 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan Murod Ahmadaliyev Xavyer Ibanyes Diasdan ustun keldi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Murod Ahmadaliyev yaqindagina yakuniga yetgan Osiyo chempionatida ketma-ket uch raqibini nokautga uchratib, yakunda qit’a chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Oldinda O‘zbekiston va Kuba to‘qnashuvi doirasida yana 3 ta jang kutib turibdi. Bu to‘qnashuvlarga Samarqanddagi “Mo‘jiza” amfiteatri mezbonlik qilmoqda.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Xoanis Arhilagos Peres — g‘alaba
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Xavyer Ibanyes Dias — g‘alaba
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Endi Kruz Gomes
-75 kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopes Kordona
-91 kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют