» » Rossiya mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya raketasi 23 daqiqadan so‘ng qulaganini ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya raketasi 23 daqiqadan so‘ng qulaganini ma’lum qildi


Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa 23 daqiqa davomida parvozda bo‘lib, Rossiya hududidan 500 kilometr uzoqlikda quladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Ballistik nishon Raketa hujumi haqida ogohlantirish tizimi vositalari tomonidan 23 daqiqali parvoz davomida to Yapon dengizining markaziy qismida, Rossiya hududidan 500 kilometr narida qulaguncha kuzatib borildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Raketa Rossiya Federatsiyasi uchun hech qanday xavf tug‘dirmagani bildirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirganini tasdiqlagan va uni kuzatib borganini ma’lum qilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют