» » Yerevanda tug‘ilgan besh egizakning uch nafari olamdan o‘tdi

Yerevanda tug‘ilgan besh egizakning uch nafari olamdan o‘tdi


Yerevanda tug‘ilgan besh egizakning uchinchisi ham kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Anait Aytayan ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Mutaxassislarimizning barcha urinishlariga qaramay, o‘g‘il bolani saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Besh nafar chaqaloq ichida uning holati eng og‘ir edi. Qolgan ikki qiz va onaning holati barqaror, ularda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda”, — ta’kidladi Aytayan.

To‘rt nafar qiz va bir o‘g‘il 10-may, chorshanba kuni dunyoga kelgandi. Ularning barchasi chala tug‘ildi. Ikki qiz chaqaloq bir necha kundan so‘ng olamdan o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют