» » Isroil dengiz qo‘shinlari G‘azo yaqinida Falastin shxunasini o‘qqa tutishi oqibatida tinch fuqaro halok bo‘ldi

Isroil dengiz qo‘shinlari G‘azo yaqinida Falastin shxunasini o‘qqa tutishi oqibatida tinch fuqaro halok bo‘ldi


G‘azo sektori yaqinida kichik yelkanli kemaning Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida falastinlik baliqchi halok bo‘ldi. Baliqchi o‘z kemasida G‘azo qirg‘oqlaridagi to‘qqiz milyali zonani buzganligi iddao qilinmoqda, deb xabar beradi “TASS”.

G‘azo sektorining shimoliy qismida to‘qqiz milyali ov zonasi qoldirilgan bo‘lib, u yerda falastinlik baliqchilar ishlaydi. Isroil armiyasi xabarnomasida ta’kidlanishicha, harbiylar baliqchidan zonaga qaytishni talab qilgan va dastlab havoga qarata o‘q uzgan.

Ammo baliqchi ularga quloq solmagach, o‘qqa tutilgan. Og‘ir jarohatlar olgan tinch fuqaro Isroil hududidagi shifoxonaga evakuatsiya qilingan va o‘sha yerda vafot etgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 03:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют