» » Change.org saytida Telegram’ning Rossiyada taqiqlanishiga qarshi petitsiya paydo bo‘ldi

Change.org saytida Telegram’ning Rossiyada taqiqlanishiga qarshi petitsiya paydo bo‘ldi


Change.org saytida Rossiyadagi Telegram-kanallar ma’murlari tomonidan berilgan petitsiya paydo bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Unda aytilishicha, “Roskomnadzor” Telegram rahbariyatiga axborot tarqatuvchilar reyestriga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish zaruriyati haqida bildirishnoma yuborgan.

Ammo, petitsiya mualliflari yozishicha, messenjer rahbariyati hozircha so‘rovga javob qilmagan. Shu munosabat bilan ular messenjer Rossiyada taqiqlanmasligi uchun, Telegram asoschisi Pavel Durovdan “Roskomnadzor”ning talablarini bajarishni so‘ramoqda.

“Biz Telegram jamoasiga va shaxsan janob Durovga murojaat qilib, Telegram’dan foydalanishda va uning ekotizimini Rossiyada rivojlantirishda yordam berishini so‘raymiz. 2017-yil boshida biz kabi Telegram’ning faol foydalanuvchilari soni 6 millionga yaqin edi. Hozir biz yanada ko‘payganmiz”, — deyiladi murojaat matnida.

Telegram-kanallar mualliflari ta’kidlashicha, axborot tarqatuvchilar ro‘yxatiga kiritish asosan rasmiy qadam bo‘lib, servisga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 19) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют