» » Fransiyaning yangi prezidenti krossoverda o‘z lavozimiga kirishdi

Fransiyaning yangi prezidenti krossoverda o‘z lavozimiga kirishdi


Fransiya yangi prezidenti Emmanuel Makronning inauguratsiya marosimida DS markasidagi yangi krossover — DS 7 Crossback qatnashdi, deb yozadi “Motor”. Aynan shu avtomobilda u Yelisey maydonidan o‘tdi.

DS 7 Crossback Yevropada rasman bir necha oylardan so‘nggina sotuvga chiqadi. Inauguratsiya marosimi uchun avtomobilning tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirishdi — unga surilib ochiladigan tom va davlat bayroqlarini mahkamlash uchun maxsus moslamalar o‘rnatildi. 2012-yilda DS markasidagi boshqa bir avtomobil — DS 5 Fransua Ollandning inauguratsiyasida qatnashgan edi.

DS Crossback krossoveri markaning texnologik jihatdan eng ilg‘or modeliga aylandi. U modulli platformaga qurilgan, 180 gradusga aylanadigan yorug‘lik diodli chiroqlar, tungi ko‘rish tizimi bilan jihozlangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют