» » Rossiyada mamlakatning har bir fuqarosiga tegishli ma’lumotlar bazasi yaratiladi

Rossiyada mamlakatning har bir fuqarosiga tegishli ma’lumotlar bazasi yaratiladi


Rossiya Adliya vazirligi mamlakatdagi barcha fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan yagona reyestrni ishlab chiqmoqda. Bu haqda vazirlikning sud tizimi aloqalari va huquqiy yordam bo‘limi direktori Aleksandra Dronovaga asoslanib “RIA Novosti” ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, idora Moliya vazirligi va Federal soliq xizmati bilan birgalikda aholining yagona reyestrini yaratish bo‘yicha “katta loyiha”ni amalga oshirmoqda.

“Bu xorijiy davlatlarda uzoq vaqtdan beri samarali ish berayotgani sabab, mamlakatimiz uchun misli ko‘rilmagan manba hisoblanadi. Rossiyada aholi haqida ma’lumot beruvchi yagona resurs hech qachon bo‘lmagan”, — dedi Dronova.

Shuningdek, reyestrda fuqaroning fuqarolik holati aktlari, soliq tizimi, huquq-tartibot tizimiga bog‘liq huquqiy holatlari haqida ma’lumotlarda bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi Aleksandra.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют