» » Apple pitssa uchun quti o‘ylab topdi

Apple pitssa uchun quti o‘ylab topdi


Apple korporatsiyasi pitssaga mo‘ljallangan o‘z qutisini ishlab chiqdi va patentladi. Bu haqda kompaniya kampusida bo‘lgan Wired jurnalisti xabar qildi.

Aytilishicha, konteyner xodimlar oshxonadan pitssa, pirog yoki boshqa mahsulotni olib, ish joyiga olib kela olishi uchun ishlab chiqilgan. Konteyner tepasida sakkiz ventilyatsion tirqish bo‘lib, bu namlik to‘planishining oldini oladi.

Business Insider’ga ko‘ra, pitssa qutisi uchun talabnoma 2010-yili kiritilgan, ammo quti endi namoyish etildi. Uni ishlab chiqishda Apple Park qahvaxonasi boshqaruvchisi Franchesko Longoni ishtirok etgan.

O‘tgan yil sentabrida Apple oddiy qog‘ozli paket uchun patent olgan edi. Hech qanday texnologik xususiyatga ega bo‘lmagan ushbu buyum mualliflari u ekologik jihatdan tozaroq ekanligini e’tirof etgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют