» » OAV: Tramp Lavrovga IShIDning samolyot portlatish rejalari haqida aytib bergan

OAV: Tramp Lavrovga IShIDning samolyot portlatish rejalari haqida aytib bergan


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida maxfiy ma’lumotni oshkor qilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”. ABC News kanalining anonim manbalariga ko‘ra, gap IShID jangarilarining AQShga yo‘l olayotgan samolyotni portlatish rejalari haqida borgan.

AQSh jangarilarning rejalari haqidagi axborotni ular orasidagi isroillik josusdan olgan. U Amerika tomoniga terrorchilar AQShga qarab uchayotgan reysda portlash uyushtirmoqchi ekanligini va portlovchi qurilmani samolyot bortiga noutbukda olib kirmoqchi ekanligini aytgan. AQShda ushbu ma’lumotni ishonchli deb topishdi, shu tufayli hukumat Yevropadan kelayotgan reyslarga noutbuk olib chiqishni taqiqlab qo‘ydi.

Endi Tramp bu ma’lumotni Rossiya vaziriga oshkor etgan ekan, isroillik josusning hayoti xavf ostida, deya ta’kidladi telekanal. AQSh Milliy aksilterrorchilik markazi sobiq rahbari Mett Olsen aytishicha, bundan keyin jangarilar rejalari haqidagi boshqa axborot manbalari ham xavf ostida.

“Rossiya IShIDga qarshi koalitsiyaga kirmaydi. U bizning sherigimiz emas”, — dedi Olsen Trampning jangarilar rejalari haqidagi axborotni Lavrov bilan bo‘lishgani xato bo‘lganiga ishora qilar ekan.

Amerika prezidentining o‘zi esa tvitlarida ruslar bilan har qanday ma’lumotni bo‘lishishga to‘la haq-huquqli ekanligini yozmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют