» » Serbiya va Chernogoriyaning sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi

Serbiya va Chernogoriyaning sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi


Interpolning Podgoritsadagi milliy byurosi Serbiya va Chernogoriya ittifoqdosh davlatining sobiq prezidenti Svetozar Marovichni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

Oldinroq sud 3 yil va 9 oy qamoq jazosiga hukm qilingan Marovich jazoni o‘tash uchun kelmaganidan so‘ng shunday qaror qabul qilgandi. Jazo Belgradda davolanayotgan sobiq prezidentning salomatligi holati bois kechiktirilgandi.

Lavozimini suiste’mol qilish va korrupsiyada ayblangan sobiq siyosatchi hukm yumshatilishi evaziga aybini tan olish bo‘yicha prokuratura bilan kelishuv tuzgandi.

Sud qaroriga ko‘ra, Marovich qamoq jazosini o‘tashdan tashqari davlatga yetkazilgan 1,1 million yevro zararni qoplab berishi va xayriya uchun 100 ming yevro ajratishi lozim.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют