» » Makkeyn Tramp ma’muriyatidagi vaziyatni “Uotergeyt mojarosi” bilan taqqosladi

Makkeyn Tramp ma’muriyatidagi vaziyatni “Uotergeyt mojarosi” bilan taqqosladi


AQSh Senatining Qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jon Makkeyn prezident Donald Tramp ma’muriyatidagi vaziyatni “Uotergeyt mojarosi” bilan taqqoslash mumkinligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Biz bu kinoni oldin ko‘rganmiz. U ‘Uotergeyt’ ko‘lamiga yetdi. Bu mamlakat uchun yaxshi emas”, — deya ta’kidladi Makkeyn Xalqaro respublikachilar institutidagi chiqishi chog‘ida.

Oldinroq The New York Times nashri Tramp FQB direktori Komini ishdan bo‘shatishdan avval undan o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi Maykl Flinnga nisbatan tekshiruvni to‘xtatishni talab etganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, 1972-yilda Demokratlar partiyasi markaziy ofisi joylashgan “Uotergeyt” majmuida prezidentlik saylovi arafasida eshituvchi qurilmalarni joylashtirishga uringan shaxslar qo‘lga olingandi. “Uotergeyt mojarosi” deb nom olgan hodisa prezident Richard Niksonning1974-yilda iste’fo berishi bilan yakunlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют