» » Shavkat Mirziyoyev Gulistonda mahalla profilaktika inspektori xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Gulistonda mahalla profilaktika inspektori xonadonida bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2015—2016-yillarda Guliston shahrining O‘zbekiston va Birlashgan ko‘chalarida 180 xonadonga ega 15 ko‘p qavatli uy qurildi. Uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga mo‘ljallangan.

Shavkat Mirziyoyev shu uylar joylashgan “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Mahalla raisi va faollari bilan muloqotda O‘zbekistonda inson manfaatlarini ta’minlash, odamlarning turmush darajasi va ishonchini oshirish, mahalla idoralarining imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

“Mazkur mahalla profilaktika inspektori Sanjar Murodov yaqinda Guliston davlat universiteti talabasi Hurriyatxon bilan oila qurgan. Prezidentimiz joriy qilgan tizimga muvofiq yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan biri Sanjar Murodov oilasiga berilgan.

Davlatimiz rahbari Sanjar Murodov xonadonida bo‘ldi. Fuqarolar yig‘ini binosida mahalla raisi, maslahatchilar va profilaktika inspektori ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

Shu yerda Guliston shahrining bosh rejasi asosida amalga oshiriladigan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezidentimiz bu inshootlarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Loyihalarni takomillashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, sifatli bajarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют