» » Advokat Genrix Padva: Alisher Usmonov Navalniy va uning fondi tomonidan ta’qib etilmoqda

Advokat Genrix Padva: Alisher Usmonov Navalniy va uning fondi tomonidan ta’qib etilmoqda


Alisher Usmonov Navalniy va uning fondi tomonidan ta’qib etilmoqda. Bu haqda Moskvaning Lyublinskiy sudidagi dastlabki suhbatda milliarderning vakili Genrix Padva ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Usmonovning homiy sifatidagi faoliyati ko‘pchilikka ma’lum. Aynan u Mstislav Rostropovich merosi va ‘Soyuzmultfilm’ ijodiga huquqlarni sotib oldi. Shunday inson Navalniy va uning fondi tomonidan ta’qib etilmoqda. Navalniyning harakatlari Usmonovni obro‘sizlantirish bo‘yicha puxta o‘ylangan axborot kampaniyasiga aylanib ketdi. Shu sababli u sudga murojaat etishni lozim deb topdi”, — deya ta’kidladi Padva.

O‘z navbatida, Navalniyning vakildi Ivan Jdanov sudga Usmonovning homiy sifatidagi nufuziga shubha qilmasligi, biroq da’voni tan olmasligini bildirdi. 

“Da’vo kiritilishiga aniq dalillar sabab bo‘ldi. Biroq ular yuzasidan hozircha e’tiroz bildirilgani yo‘q”, — dedi Jdanov. 

Eslatib o‘tamiz, Alisher Ucmonov videomurojaatida Navalniyga o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlar uchun kechirim so‘rash va “xotirjam yashash”ni taklif etgandi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют