» » Yer aholisining chorak milliardi narkotiklar iste’mol qilishi aniqlandi

Yer aholisining chorak milliardi narkotiklar iste’mol qilishi aniqlandi


Dunyo bo‘yicha 250 millionga yaqin odam yiliga hech bo‘lmaganda bir marta narkotiklar iste’mol qiladi, ulardan 30 millioni doimiy narkomandir. Bu haqda BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Bugungi kunda dunyo bo‘yicha yarim milliard odam narkotiklar qabul qiladi. Buni yiliga bir marta tajriba tariqasida amalga oshiradigan kishilar ham shular jumlasidandir. Ulardan 30 millioni muammoli toifaga kiradi. Ular narkotik qaramlik va u bilan birga kechuvchi xastaliklardan aziyat chekadi”, — deya ta’kidladi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, narkotiklarni iste’mol qilish sayyora aholisi soniga mutanosib ravishda oshib bormoqda.

Har yili narkotiklar tufayli dunyoda 200 minggacha odam halok bo‘lmoqda. 11,5 million kishi narkotiklarni inyeksion usul yordamida qabul qiladi. Ulardan 52 foizi gepatit S bilan, 14 foizi esa OIV bilan kasallangan.

“Bu raqamlar ortida millionlab odamlar va ularning yaqinlarining azob-uqubatlari turibdi”, — deya ta’kidlaydi BMT vakili.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют