» » Rashid Alimov: ShHTga a’zo davlatlar narkotahdidga qarshi kurashning oldingi chizig‘ida turibdi

Rashid Alimov: ShHTga a’zo davlatlar narkotahdidga qarshi kurashning oldingi chizig‘ida turibdi


Shanxay hamkorlik tashkiloti va unga a’zo davlatlar mintaqada hamda dunyoda narkotiklar xavfiga qarshi kurashda izchil choralar ko‘rib kelmoqda. Bu haqda Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tayotgan BMT narkotik moddalar bo‘yicha komissiyasining 60-sessiyasida ishtirok etayotgan ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Oxirgi yillarda narkobiznes ko‘lami kengayishi va giyohvandlik tarqalishi sur’atlarining ortib borishi tahdidli ko‘rinish oldi. Bu holat jamiyat va davlat hayotining deyarli barcha sohalariga chuqur salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy asoslar, xususan, millatlar genofondini qo‘porib kelmoqda. Tuzilmamizga a’zo davlatlar o‘zlarining jug‘rofiy joylashuviga ko‘ra narkotahdidga qarshi kurashning oldingi chizig‘ida turibdi”, — deya ta’kidladi ShHT bosh kotibi.

Rashid Alimov ShHTga a’zo 6 davlatdan uchtasi chegaradosh bo‘lgan Afg‘onistondan narkotiklar oqimi to‘xtamayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.

“Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari Afg‘oniston masalasida ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikka hozir ekanliklarini bildirmoqda. Narkotahdidga faqat dunyo hamjamiyati urinishlarini birlashtirish orqali samarali qarshi turish mumkin va ShHT bunga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi Rashid Alimov.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют