» » BMT bosh kotibi Bag‘doddagi portlashlardan so‘ng terrorizmga qarshi kurashda Iroqni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

BMT bosh kotibi Bag‘doddagi portlashlardan so‘ng terrorizmga qarshi kurashda Iroqni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Bag‘doddagi so‘nggi teraktlarni qoraladi va terrorizmga qarshi kurashda Iroqni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda 17-fevral, juma kuni BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farhan Haq ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Makzur hafta Iroq poytaxtida bir qator shafqatsiz jinoyatlar yuz berdi. Qurbonlar oilalariga, shuningdek, Iroq hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — dedi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, BMT kotibiyati qo‘rquv va nafratni yoyishga urinishlarga qarshi kurashda Iroq xalqi bilan hamfikrdir.

“BMT terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashda Iroq xalqi va hukumati tomonida turadi”, — deya ta’kidladi Farhan Haq.

Eslatib o‘tamiz, 15—16-fevral kunlari Iroq poytaxtining asosan shia aholisi yashovchi Sadr-Siti va Baya’ tumanlarida minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 80 dan ortiq tinch aholi vakili jarohat oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют