» » Sariyog‘ning foydali xususiyatlari

Sariyog‘ning foydali xususiyatlari


Ko‘pchilik qizlar sariyog‘ qomat uchun faqat zarar keltiradi deb hisoblaydi. Aslida bu noto‘g‘ri. Sariyog‘ salomatlik uchun muhim xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun albatta ovqatlanish ratsionida qatnashishi shart. Biz sizga bu mahsulotning organizmga ijobiy ta’siri to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Me’da uchun foydaSariyog‘ me’da uchun juda muhim hisoblanadi. U me’da devorlarini “moylash” vazifasini bajaradi, bu esa uning ishini osonlashtirishga yordam beradi. Shuningdek sariyog‘ gastrit yoki me’da-ichak yo‘llarining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga yaraning tezroq tuzalishida yordam beradi. Bu uning tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini borligi tufayli yuz beradi. Ba’zilar sariyog‘ni tarkibida xolesterin borligi uchun iste’mol qilishni cheklashadi. Lekin xolesterinni me’yorida qabul qilish organizm uchun foydali hisoblanadi. U hujayralar tuzilishida ishtirok etadi, shuningdek kayfiyatga ham ta’sir qiladi.

Tomirlar himoyasiSariyog‘ tarkibida letsitin bor. Bu modda xolesterin almashuvini normallashtirish bilan shug‘ullanadi va tomirlarni himoyalashga imkon yaratadi. Masalan, tomirlar uchun zararli bo‘lgan go‘sht iste’mol qilinganda unga qo‘shilgan birozgina sariyog‘ organizmga keltiriladigan zararni kamaytiradi.

Chiroyli teri va sochlarSariyog‘ tarkibida katta miqdorda  A, B, C, D, E vitaminlari mavjud. Ular bizning teri va sochlarimiz go‘zalligiga javobgardirlar. Bu vitaminlarning yetishmasligi esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun sariyog‘ yeyishga hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Quvvat manbai. Parhezshunoslar fikricha, hayvon yog‘lari organizmni qizdirish xususiyatiga ega. Shuningdek, sariyog‘ hujayralar yangilanishiga imkoniyat yaratadi. Shunday bo‘lsa-da, bu mahsulotni bir kunda 30 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini unutmang.

Manba: “Lady.tochka.net”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют